Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 «Artemida-2» Yerga qaytyapti

 «Artemida-2» Yerga qaytyapti

«Artemida-2» ekipaji: mutaxassislar: Kristina Kox va Jeremi Xansen, uchuvchi Viktor Glover hamda boshqaruvchi Rid Uayzman

Foto: NASA

«Artemida-2» missiyasi ishtirokchilari tarixiy parvozdan so‘ng Yerga qaytishning eng xavfli bosqichiga kirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Orion» kapsulasi Kaliforniya sohillari yaqinida Tinch okeaniga qo‘nadi.

Ekipaj so‘nggi kunni qaytishga tayyorgarlik bilan o‘tkazmoqda – ular atmosferaga kirish va qo‘nish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, atmosferaga kirish eng xavfli bosqich hisoblanadi. Kosmik kema Yerga 40 ming km/soatdan ortiq tezlikda kirib keladi va harorat taxminan 2700 darajagacha yetadi.

Kapsula atmosferaga kirgandan so‘ng bir necha daqiqa aloqa uziladi. Bu vaqtda atrofdagi havo plazmaga aylanib, signallarni to‘sib qo‘yadi.

Shundan keyin parashyutlar ochilib, kema tezligi keskin pasaytiriladi va Tinch okeaniga yumshoq qo‘nish amalga oshiriladi.

Qo‘nish joyida qutqaruvchilar tayyor holda bo‘ladi. Astronavtlar ikki soat ichida evakuatsiya qilinishi, 24 soat ichida esa quruqlikka olib chiqilishi rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu missiya ishtirokchilari Oy atrofida parvoz qilgan sanoqli – atigi 24 nafar inson qatoriga qo‘shiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring