Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asqar Akayev so‘roq qilinganidan keyin intervyu berdi (video)

Asqar Akayev so‘roq qilinganidan keyin intervyu berdi (video)

Foto: «Kg.akipress.org»

Avvalroq Asqar Akayev mamlakatga qaytgani, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilinishi haqida xabar berilgandi.

2005-yil mart voqealaridan so‘ng mamlakatni tark etgan Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida so‘roq qilingach, birinchi bayonotini berdi, deb yozmoqda xorij matbuoti.

«Bilasizmi, loyiha yuzasidan menga da’volari bor. Shu bois tergov bilan kelishdim, tergovga yordam bermoqchiman. Shuning uchun Qirg‘izistonga bir haftaga keldim», — dedi Akayev.

Biroq u tergov bilan qanday shartlarga rozi bo‘lgani va hibsga olinmasligiga kim kafolat bergani haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortdi.

«16 yildan so‘ng o‘z vatanimga qaytganimdan juda xursandman va baxtiyorman! Shuning uchun respublika rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Japarov ruxsat berdi. Mamlakat oldiga ko‘p vazifalar qo‘yilgan, yangi rahbariyatning iqtisodiyotni qanday tiklash borasida rejalari bor, shuning uchun men o‘z imkoniyatlarim darajasida bunga hissa qo‘shmoqchiman», — dedi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti.

U, shuningdek, «Qumtor» qanday qurilgani, qanday xatolarga yo‘l qo‘yilgani haqida gapirishga tayyorligini bildirdi.

«Hech qaysi prezidentga da’voyim yo‘q. Xudoyim o‘z muammolarimni hal qilishni nasib qilsin, prezidentlarga nima bo‘lishini izohlamayman», — dedi Akayev.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring