Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asteroidni yadroviy zarba bilan yo‘q qilish taklif qilindi

Asteroidni yadroviy zarba bilan yo‘q qilish taklif qilindi

Illyustrativ foto

Xalqaro arXiv olimlar jamoasiga qo‘shilgan NASA mutaxassislari 2024 YR4 asteroidini yadroviy zarba bilan yo‘q qilishni taklif qildi. Bu haqda jamoa saytida xabar berildi.

Olimlar 2024 YR4ning Oy yoki Yer bilan to‘qnashuvidan qochish uchun ikkita yo‘lni taklif qilishdi. Birinchisi — asteroid orbitasini o‘zgartirish, ikkinchisi — yadro quroli yordamida fazoviy jismni yo‘q qilish. Oxirgi tanlov uchun quvvati bir megatonnali yadroviy qurol yetarli bo‘ladi.

So‘nggi qaror 2028-yil oxirlarida — asteroid Yerga yaqinlashganida qabul qilinadi.

2024 YR4 asteroidi 2024-yil dekabr oyida aniqlangan. Kuzatuvlarga ko‘ra, diametri 60 metrga yaqin ushbu fazoviy jism ko‘pchilik asteroidlar kabi shaklan «kartoshka»ni emas, balki hokkey shaybasini eslatadi. Qolaversa, u juda katta tezlikda — har 20 daqiqada bir marta o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Taxminlarga ko‘ra, Mars va Yupiter oralig‘idagi asosiy kamardan ajralib chiqqan asteroid silikatlarga boy.

Asteroidning Yerga to‘qnashish ehtimoli 0,28 foiz, Oyga urilish ehtimoli 4 foiz, deya baholanmoqda.

Ikkala holatda ham juda yomon oqibatlarga olib keladi: Yerga to‘qnashsa Hirosimadagidan 2000 baravar kuchliroq portlash bo‘ladi, Oyga urilsa barcha sun’iy yo‘ldoshlar, teleskoplar va fazoviy stansiyalarni yo‘q qilib yuboradigan ulkan chang zarralari ajralib chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring