Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Avatar»ning to‘rtinchi qismini suratga olish boshlandi

«Avatar»ning to‘rtinchi qismini suratga olish boshlandi

«Avatar» filmidan kadr

D23 Expo tadbirida videoaloqa vositasida qatnashgan rejissyor Jeyms Kemeron «Avatar» filmining to‘rtinchi qismini suratga olish boshlanganini e’lon qildi.

Kemeronning aytishicha, shuningdek, hozirda «Avatar»ning uchinchi qismini suratga olish davom etmoqda. «Avatar-2» («Avatar: Suv yo‘li») esa post-prodakshn bosqichida.

«Filmning ikkinchi qismi ustidagi ishlar nihoyat yakuniga yetayotganidan behad shodman. Bilaman, buni barcha uzoq kutdi», — dedi rejissyor.

Kemeron tadbir qatnashchilariga «Avatar-2»dan bir nechta sahnalarni namoyish qilgan.

Ma’lumot uchun: «Avatar» filmining premerasi 2009-yilda o‘tkazilgan. Voqealar Pandora sayyorasida yuz beradi. «Avatar» — 2 milliard dollardan ko‘p daromad keltirgan ilk film.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring