Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aviahalokatdan omon qolgan erkak dahshatli YTHda ham o‘limga chap berdi

Aviahalokatdan omon qolgan erkak dahshatli YTHda ham o‘limga chap berdi

Ikki o‘limdan qolgan Ervin Tumiri Choke.

Foto: «Twitter»

Boliviyaning markaziy qismida avtobus 70 metr balandlikdan pastga qulashi oqibatida 21 inson halok bo‘ldi. Bu haqda «Opinión» nashri xabar berdi.

Falokatdan omon qolganlar orasida Ervin Tumiri Choke ham bor.

Ervin Tumiri Choke — bundan to‘rt yil ilgari (2016-yil, noyabr) Kolumbiyada halokatga uchragan samolyotning tirik qolgan olti nafar yo‘lovchisidan biri.

Bu safar u Kochabamba shahridan Chimore shahriga avtobusda ishga ketayotgandi. Baxtsiz hodisa yuz berdi: avtobus yo‘ldan chiqib ketib, 70 metr pastlikka quladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusning 45 nafar yo‘lovchisidan 21 nafari halok bo‘lgan. Halok bo‘lgan va tirik qolgan boshqa yo‘lovchilarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Avtohalokat oqibatida Ervin Tumiri Choke olgan jarohatlar yengil, ahvoli birmuncha yaxshi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring