Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyaning eng keksa fuqarosi qariyalar uyida vafot etdi

Avstraliyaning eng keksa fuqarosi qariyalar uyida vafot etdi

Foto: «Youtube.com»

Avstraliyaning eng keksa fuqarosi 111 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda 7 News Australia xabar bermoqda.

Dekster Kryuger 20-iyul, seshanba kuni Kvinslend shtati Rim shahrida qariyalar uyida vafot etdi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, uning o‘limiga noma’lum «qisqa muddatli kasallik» sabab bo‘lgan. Super uzoq umr ko‘ruvchi joriy yilning may oyida eng keksa avstraliyalik sifatida tan olingandi: o‘shanda u 111 yilu 124 kunni qarshi olgan.

1910-yil 13-yanvarda dunyoga kelgan Kryuger umr bo‘yi cho‘ponlik qilgan. Uzoq umri davomida u 13 ta kitob, jumladan, tarjimai hol yozgan. Uzoq umr ko‘rish sirini so‘rashganda, u shunday javob bergan:

«Nafas olishdan to‘xtamang, kuniga uch mahal ovqatlaning, shunda vaqt o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi».

Kryuger, shuningdek, hayotdagi eng muhimi odam o‘zi yoqtiradigan ish topib, uni imkon qadar yaxshiroq bajarishi kerak, deb hisoblar edi.

Endi mamlakatning eng keksa fuqarosi G‘arbiy Avstraliya shtatida istiqomat qiluvchi kishi bo‘lib, uning umri 111 yilu 42 kunni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring