Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstraliya hukumati 16 yoshga to‘lmaganlarning ijtimoiy tarmoqdan foydalanishini taqiqladi

Avstraliya hukumati 16 yoshga to‘lmaganlarning ijtimoiy tarmoqdan foydalanishini taqiqladi

Avstraliya hukumati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yoshini cheklovchi, ya’ni 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning ulardan foydalanishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

Bosh vazir Entoni Albanezening ta’kidlashicha, Avstraliya «ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun eng kichik yoshni 16 yosh qilib belgilovchi dunyoda yetakchi qonun»ni qabul qilgan.

Albaneze, shuningdek, mamlakat hukumati tegishli kompaniyalar va ijtimoiy tarmoq egalaridan 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar akkaunt va sahifalar yarata olmasligini ta’minlashga qaratilgan oqilona choralar ko‘rishni talab qilishini ta’kidladi.

«Hukumat yangi qonunni buzganlik uchun qattiq jazo choralarini qo‘llaydi. Raqamli platformalar esa 49,5 million Avstraliya dollarigacha (32 million AQSh dollardan ortiq) jarimaga tortiladi», – u Hukumat rahbari va Snapchat, TikTok, Instagram hamda X (sobiq Twitter) kabi  ijtimoiy tarmoqlari yangi qoidalarga bo‘ysunishini ta’kidladi.

Google Classroom va YouTube platformalaridan foydalanishga taqiq qo‘yilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring