Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etilishi kechiktirildi

Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etilishi kechiktirildi

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Hukumatning joriy yil 4-sentyabrdagi 562-son qarori bilan avtomobillardan atmosferaga chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini qisqartirish bo‘yicha «Ekologik transport» tizimini joriy etish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar kechiktirildi.

Hujjatga muvofiq, «Ekologik transport» tizimi:

  • birinchi bosqichda (2025-2027-yillarda) – Toshkent shahrida;
  • ikkinchi bosqichda (2028-2030-yillarda) – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga ko‘ra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari va boshqalar);
  • uchinchi bosqichda (2031-2034-yillarda) – boshqa barcha hududlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Qarorda belgilanishicha, avtotransportning ekologik me’yorlarga muvofiqligini baholash uchun ishlab chiqaruvchining ekologik sinf («Yevro») haqidagi ma’lumotlari qo‘llaniladi.

Ekologik sinfga mansubligini aniqlash imkoni bo‘lmagan transport vositalarining normativlarga mosligi Ichki ishlar vazirligining «Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan diagnostika tekshiruvidan o‘tkaziladi va aniqlanadi.

Tashlanmalarning zararlik darajasiga qarab avtomobilga yashil, sariq yoki qizil stiker beriladi.

Eslatib o‘tamiz, ekostikerlarni joriy etish Hukumatning 2024-yil 29-martdagi 166-son qarori bilan 2025-yil 1-mart etib belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring