Ayol sudyalar bilan alohida gaplashildi
Sudyalar oliy kengashi ma’sullari Toshkent viloyati sudlari sudyalari bilan maxsus uchrashuv o‘tkazgani xabari berilgandi.
Sudyalar daxlsizligini ta’mishlash, tizimda korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash mavzuida bo‘lib o‘tgan tadbirda ayol sudyalar bilan alohida gaplashib olindi.
Tadbirning o‘zidayoq Kengash mas’ullari ular bilan (Kengashning) ayol a’zolari suhbatlashganiga izoh berdilar. Aytildiki, sudyalik lavozimining kasbiy talabi ayol-u erkak uchun barobar. Biroq sudya opa-singillarimiz nozik jins ekanini unutmasli kerak baribir. Ularning xizmat bilan bog‘liq yoki xizmatdan tashqari xos muammo va dardlari bo‘lishi tabiiy. Shundan kelib chiqib, ayol sudyalarimiz bilan Kengashning ayol a’zolari o‘rtasida alohida xos uchrashuv tashkil etildi. Maqsad sudyalarga faqat talab qo‘yishgina emas, balki ularga ma’nan dalda bo‘lish hamdir...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter