Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollar orasidagi ishsizlikka yechim bor! (video)

Ayollar orasidagi ishsizlikka yechim bor! (video)

Dunyoda ayollar orasidagi o‘rtacha ishsizlik darajasi 5,3 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 5,5 foizni, Rossiyada 4 foizni, Ozarbayjonda 6,5 foizni, Belarusda 2,8 foizni, Bangladeshda 6,5 foizni, Xitoyda 4,3 foizni va O‘zbekistonda esa 13,4 foizni tashkil etmoqda.

Ayollar bandligini ta’minlash uchun bir qator chora-tadbirlarni ko‘rish maqsadga muvofiq.

Jumladan, ayollar uchun moslashuvchan ish jadvali va masofadan turib ishlash tizimini rivojlantirish, bunday ish o‘rinlarini taklif etuvchi ish beruvchilarga maxsus soliq imtiyozlarini joriy etish;
— Yuqori maosh taklif etiladigan axborot texnologiyalari, moliya va sug‘urta tarmoqlarida xodimlar orasida gender tengligini ta’minlagan ish beruvchilar uchun maxsus soliq va kreditlar bo‘yicha imtiyozlar berish;
— Uzoq muddat ishsiz yurgan ayollarni ish bilan ta’minlagan ish beruvchilarni ijtimoiy soliqdan ozod etish;
— Ayollar uchun mahallalarda raqamlashtirish savodxonligini oshirish va ijtimoiy media marketing kurslarini tashkil etish;
— Davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlar talabga to‘liq javob beradigan hollarda, 2 yoshli bolalarni ham joylashtirish bo‘yicha qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish;
— «Ona tadbirkor» davlat dasturini joriy etish;
— Ayollar uchun maxsus bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish va hk.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring