Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim tariflar oshishining inflyasiyaga ta’siri 1,8-1,9 foiz oralig‘ida bo‘ladi – Ishmetov

Ayrim tariflar oshishining inflyasiyaga ta’siri 1,8-1,9 foiz oralig‘ida bo‘ladi – Ishmetov

2025-yilda kommunal to‘lov va energiya resurslari tariflarining oshishi inflyasiyaga ta’siri 1,8-1,9 foiz bandi doirasida bo‘ladi.

Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov ma’lum qildi.

«Bu prognozlarda inobatga olingan», – deydi Ishmetov.

Qayd etilishicha, yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2025-yil yakuniga umumiy inflyasiya 7-8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida 2024-yildagi energiya narxlari erkinlashtirilishining birlamchi ta’siri tugab borishi II chorak yakunida umumiy inflyasiyaga sezilarli pasaytiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, 2025-yilda mazkur islohotning navbatdagi bosqichi amalga oshirilishi muddati bir oyga farqlanishi hisobiga aprel oyida umumiy inflyasiya darajasining vaqtincha oshishi kutilmoqda.

Kelgusida yuqoridagi o‘zgarishlarning bazaviy inflyasiyaga ikkilamchi ta’sirlari darajasi pul-kredit sharoitlari yo‘nalishlarini belgilovchi muhim omil bo‘ladi.

2025-yilda yuqori iqtisodiy faollik hisobiga yalpi ichki mahsulot o‘sishi tendensiyasi davom etib, yil yakunida 6 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Bunda xususiy investitsiyalar ortishi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib, tovar va xizmatlar taklifining ortishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, kelgusi choraklarda jahon bozorida ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o‘sishi bo‘yicha xatarlar import narxlari orqali inflyasiyaga oshiruvchi ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring