Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«AzonTV» onlayn telekanali faoliyat boshlaydi

«AzonTV» onlayn telekanali faoliyat boshlaydi

«AzonTV» logotipi

«Azon New Media» MChJga qarashli «AzonTV» onlayn ilmiy-ma’rifiy telekanali 10-fevraldan boshlab o‘z dasturlarini namoyish eta boshlaydi. Bu haqda telekanalning telegramdagi sahifasi orqali xabar berildi.

«Hurmatli «AzonTV» onlayn ilmiy-ma’rifiy telekanali kuzatuvchilari! Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, biz fevral oyining birinchi 10 kunligida dastur va ko‘rsatuvlarimizni Siz azizlarga uzatishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz», — deyiladi xabarda.

«AzonTV» onlayn telekanali Tas-IX, «Facebook», «YouTube», «Telegram» orqali namoyish qilinishi aytilgan.

Qolaversa, «AzonTV»ning mobil versiyasi ishlab chiqilishi ham ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring