Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolov amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Bahodir Jalolov amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda profringda faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangini AQShda o‘tkazadi.

Professional boksdagi ikkinchi jangida hamyurtimizga mezbon bokschi Tomas Xaukins raqiblik qiladi, deb xabar bermoqda «Olympic.uz».

28 yoshli Tomas Xaukins profringda 7ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasini o‘z foydasiga hal qilgan (1tasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan). Uchta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (1ta jangda nokaut bo‘lgan).

Eslatib o‘tamiz, Bahodir may oyida professional ringdagi debyutini nishonlagan va o‘shanda Ugo Truilioni nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring