Bahodir Jalolov dahshatli nokaut qayd etdi! (video)
![Bahodir Jalolov dahshatli nokaut qayd etdi! (video)](https://xabar.uz/static/crop/2/8/920__95_2892494038.jpg)
Bugun, 11 iyun tongida hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0-10) Nyu-Yorkda tashkil etilgan profboks kechasining markaziy jangida ringga ko‘tarildi.
Unga bu safar profringdagi ancha jiddiy raqib – kongolik Jek Mulovey (11 jang, 7 nokaut) qarshilik ko‘rsatdi.
Bahodir dastlabki raunddan tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va ikkinchi raundga kelib ketma-ket aniq zarbalari bilan raqibini qiyin ahvolga sola boshladi. Oltinchi raund so‘ngida raqib ringga quladi, nokdaun. Jangning so‘nggi – sakkizinchi raundida Jalolovning chap qo‘ldan bergan dahshatli zarbasi Jek Muloveyni chuqur nokautga uchratdi.
Shu tarzda "BIG UZBEK" (Jalolovning ringdagi taxallusi) profringdagi 11-jangini ham nokaut bilan yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter