Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolovga kuchliroq raqib topildi

Bahodir Jalolovga kuchliroq raqib topildi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Professional boksda faoliyat olib borayotgan superog‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini kimga qarshi va qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir yaqinda, 29-sentyabr kuni meksikalik Eduardo Vitelaga qarshi jang qilib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi.

Endi Jalolovning raqibi amerikalik Tayrel Rayt bo‘ladi. Olti raundlik jang 27-oktyabr kuni Nyu-York shahridagi mashhur «Madison Square Garden» arenasida bo‘lib o‘tadi.

Tayrel Rayt professional boksdagi faoliyatini 2012-yilda boshlagan. Shu vaqtgacha 13 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan (oltita jangda nokaut evaziga raqiblaridan ustun kelgan). Ikkita bahsda imkoniyatni boy bergan. Yana ikkitasida durangga erishgan.

Jalolov esa shu kungacha profringda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning ikkisida ham raqiblarini nokautga uchratgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring