Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baliqxonani fohishaxonaga aylantirganlar ushlandi (video)

Baliqxonani fohishaxonaga aylantirganlar ushlandi (video)

Andijonda baliqxonani yurgizib kelayotganlarning mijozlariga boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi.

Andijon viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlarining Ulug‘nor tumanida o‘tkazgan tadbirida tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi niqobi ostida qo‘shmachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganlar aniqlangan.

Tuman hududidagi baliqxonada ish yurituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan 44 yoshli ayol 19 yoshli ayolning 200 ming so‘m evaziga fohishalik bilan shug‘illanishiga sharoit yaratib bergan vaqtida reyd tadbiri ishtirokchilari ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring