Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehnat vazirligi Rossiyadagi supermarketda pichoqlangan ayol yuzasidan ma’lumot berdi

Mehnat vazirligi Rossiyadagi supermarketda pichoqlangan ayol yuzasidan ma’lumot berdi

Skrinshot

Rossiyaning Uzlovaya shahridagi supermarketlardan birida o‘zbekistonlik ayol pichoqlangani haqida xabar berilgan edi. 

Mehnat vazirligining rasmiy Telegram kanalida mazkur voqea xususida bayonot e’lon qilindi. 

«Kecha Tula viloyatining Uzlovaya shahridagi «Pyaterochka» supermarketida 34 yoshli Andrey.K kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20 ga yaqin jarohat yetkazgan. Jabrlangan Umida.S ismli ayol O‘zbekiston fuqarosi va 3 nafar farzand onasi bo‘lib, kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Ayni damda agentlik vakillari Umida.Sning jasadini O‘zbekistonga qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rishmoqda», deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan marhumaning yaqin qarindoshlaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi vakiliga murojaat qilishlari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring