Banklarda kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati tashkil etiladi.

Joriy yil 18-avgust kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida»gi nizom banklar va ularning filiallarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati tashkil etiladi.
Xizmat bankning axborot aktivlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, to‘lov ma’lumotlarining noqonuniy o‘zgarishi, bank yoki uning mijoziga zarar yetkazish holatlarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.
Bank axborot xavfsizligiga oid ichki siyosatni ishlab chiqishi va qabul qilishi lozim.
Bundan tashqari, banklar ma’lumotlar bazasi sozlanishlarida xatoliklarni oldini olishi va tajovuzkorning quyidagi harakatlarini cheklashlari kerak, jumladan:
- ma’lumotlar bazasiga kirish;
- administrator va foydalanuvchilar parollarini bilib olish;
- ma’lumotlar bazasining tizim fayllariga kirish;
- zararli dasturlar o‘rnatish;
- ma’lumotlar bazasi va serverga masofadan hujum qilish.
Tarmoqlararo ekran qurilmalari va proksi-serverlarning elektron bayonnomalari Xizmat tomonidan tahlil qilib boriladi va tashqi hujumlar aniqlanganda zudlik bilan Markaziy bankka xabar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter