Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barabaningni chal, Manolo!

Barabaningni chal, Manolo!

Foto: «en.as.com»

Istisno tariqasida mashhur ispan futbol muxlisiga jahon chempionati o‘yiniga o‘z barabani bilan kirishga ruxsat berishdi, deb yozmoqda «Vzglyad» onlayn gazetasi.

Barabanchi Manolo (Manuel Kaseres Artusero) Ispaniya-Rossiya o‘yiniga o‘z barabani bilan kirishi mumkinligiga FIFA va’da bergan. Manuel Kaseres Artesero 69 yoshda bo‘lib, terma jamoasining o‘yinlarini deyarli qoldirmasdan stadionda kuzatib, faol muxlislik qilib boradi. Ammo Ispaniyada chiqadigan «Marca» nashrining yozishicha, JCh-2018 o‘yinlarida xavfsizlik nuqtai nazaridan unga stadionga baraban olib kirishga ruxsat berishmagandi.

Manolo esa yordam so‘rab Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda ispan hukumatiga elektron xat yo‘llagan. Voqea ijobiy o‘zanga burilib, Manoloni yakshanba, 1-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya-Rossiya o‘rtasida kechadigan 1/8 final o‘yinida ko‘rib qolsak ajabmas.

OAV xabarlariga ko‘ra, bu o‘yinga Ispaniya qiroli Filipp VI ham kelishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring