Barcha davrlarning eng buyuk kinoqahramoni e’lon qilindi
![Barcha davrlarning eng buyuk kinoqahramoni e’lon qilindi](https://xabar.uz/static/crop/2/9/920__95_2915838355.jpg)
Sarguzasht filmlar qahramoni Indiana Jons — tarixdagi eng buyuk kinoqahramon deb topildi. Eng yaxshi qahramonni «Empire» jurnali o‘quvchilari aniqlashdi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/25/720__z4BhNvE0mxGU2rfP2lu1a7FbMrbgTpOz.jpg)
Harrison Ford ijrosidagi o‘sha mashhur arxeolog olim obrazining «otasi» — Jorj Lukas, u 1973-yilda qahramonni o‘ylab topgan. Stiver Spilberg suratga olgan Indiana Jons turkumiga kiruvchi filmlarga ham Jorj Lukas prodyuserlik qilgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/25/720__mEOiFYv5g2M0C1AiOBPH-wiDQYqwglE4.jpg)
«Begona» filmidagi praporshchik Ellen Ripli (Sigurni Uiver ijrosida) — ikkinchi o‘rinni band etdi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/25/720__ckr9XpM2JpSfnxEpu0p5NMrQB31n_qpG.jpg)
Rober Dauni (Kichik)ning Temir odami (Marvel turkumidagi) esa uchinchi o‘ringa loyiq topildi.
TOP-10 ga kiritilgan kinoqahramonlar — Kapitan Amerika, Qora pantera, Betmen, Supermen, Jeyms Bond, «Yulduzlar jangi» kinosagasi qahramonlari Lyuk Sayuoker hamda Leya Organa.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter