Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona»ni 3-divizion jamoasi qiynab qo‘ydi (video)

«Barselona»ni 3-divizion jamoasi qiynab qo‘ydi (video)

Ispaniya Kubogining 1/16 final bosqichida «Barselona» 3-divizion jamoasi «Intersiti» bilan bahsda qiyin g‘alabaga erishdi.

Asosiy vaqtda hisob 3-3 ko‘rinishida yakunlandi. «Barsa» darvozasiga Soldevila uchta gol yo‘llab xet-trikka erishdi. Darvoqe, u «La Masiya» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniyaliklar safida esa Arauxo, Dembele va Rafinya gol kiritishdi.  

Qo‘shimcha taymlarda Fati urgan gol kataloniyaliklarni 1/8 finalga olib chiqdi. 

Intersiti — Barselona 3:4
Gollar: Soldevila (59, 74, 86) — Arauxo (4), Dembele (66), Rafinya (77), Fati (104). 

Intersiti – Kampos, Jayme (Nsue, 82), Galves (Errera, 46), Peres (Ebolo, 94), Murria, Kristo Romero, Soldevila, Mari, Royxe (Koffi, 65), Belotti (Eneko, 82), Pinan (Shemi, 67). 

Barselona – Penya, Belerin (Alonso, 83), Kunde, Arauxo (Erik Garsiya, 60), Alba, Buskets, Kessie, Torre (Gavi, 60), Depay (Fati, 74), Dembele (Balde, 105), Ferran Torres (Rafinya, 61).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring