Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayden Putinni so‘kdi. Kreml buni «AQSh uchun uyatli» deb atadi

Bayden Putinni so‘kdi. Kreml buni «AQSh uchun uyatli» deb atadi

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Jo Baydenning Vladimir Putin haqidagi yangi bayonotlari AQSh uchun sharmandali va uyatli, bu bilan Rossiya prezidentini izdan chiqara olishmaydi.

«Janob Bayden ichki siyosiy manfaatlar uchun Gollivud kovboyi uslubidagi xatti-harakatlarini namoyish qilayotgani aniq. U buni juda xohlaydi, lekin o‘xshata olmaydi», — dedi Peskov.

AQSh prezidenti chorshanba kuni San-Fransiskoda o‘tkazilgan tadbir chog‘ida Rossiya prezidentini «crazy SOB», ya’ni «aqldan ozgan ... bolasi» deb atadi.

Bayden, shuningdek, yadroviy mojaro tahdidi haqida ham gapirgan.

«AQSh davlat rahbarining og‘zidan chiqqan bunday bema’ni gaplar qandaydir tarzda boshqa davlat rahbarini, xususan, prezident Putinni izdan chiqarishi dargumon», — dedi Peskov. — «Ammo bu mamlakatning o‘zi uchun, ya’ni Qo‘shma Shtatlar uchun juda sharmandali hol».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring