Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baydenning o‘g‘li endi pora olishda ayblanmoqda

Baydenning o‘g‘li endi pora olishda ayblanmoqda

AQSh prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden ruminiyalik oligarxdan 3 million dollar pora olishda ayblanmoqda.

AQSh maxsus prokurori Devid Vaysga ko‘ra, 2015 yili rumin oligarxi Gabriel Popovichiu Hanter Baydenni yuridik masala bo‘yicha yollagan. Katta miqdordagi pora evaziga Bayden AQSh hukumatiga ta’sir ko‘rsatishi kerak bo‘lgani aytilmoqda. 

Ayblov hujjatida qayd etilishicha, tomonlar Hanterning lobbichilik faoliyati otasining siyosiy karerasiga salbiy ta’sir etishini juda yaxshi tushungan holda oldi-berdining mohiyatini yashirishga uringan.

Avvalroq AQSh prezidentining o‘g‘li 2016-2020 yillarda jami 1,4 million dollar soliq to‘lovidan bo‘yin tovlashda ayblangan va pirovardida soliqlarni penyasi bilan to‘lashga majbur bo‘lgan edi.

Avval xabar berganimizdek, Hanter Bayden 2021 yilda chop etilgan kitobida o‘zining alkogol va giyohvandlikka ruju qo‘yganiga iqror bo‘lgan.

2020 yilgi saylovda respublikachilar, xususan, Donald Tramp Ukraina bilan bog‘liq shubhali munosabatlar sabab Jo Bayden va uning o‘g‘lini korrupsiyada ayblagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring