Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baydenning «ovoz o‘g‘irlashi» bo‘yicha dalillar tekshirildi

Baydenning «ovoz o‘g‘irlashi» bo‘yicha dalillar tekshirildi

Foto: AP

Federal prokurorlar AQSh Adliya vazirligi rahbari Uilyam Barrga prezidentlik saylovlari paytida jiddiy qonunbuzarliklarga oid dalillar yo‘qligini ma’lum qildilar, deb xabar bermoqda New York Times.

O‘tgan dushanba kuni erta tongda AQSh Bosh prokurori Uilyam Barr mamlakat bo‘ylab federal prokurorlarga prezidentlik saylovlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar haqidagi da’volarni tekshirishni buyurgandi. Bosh prokuror ko‘rsatmasiga binoan tekshirishlar, agar «qonunbuzarliklar to‘g‘risida aniq va ishonchli da’volar mavjud bo‘lsa» va ushbu mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar shtatdagi ovoz berish natijalariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa amalga oshirilishi lozim edi.

Gazetaning yozishicha, juma kuni 16 nafar federal prokuror Barrga «ovoz berish va ovozlarni hisoblashdagi qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi ayblovlar» bo‘yicha hech qanday dalil topilmaganini aytishdi.

AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, demokrat Jo Bayden g‘alaba qozongan, ammo AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp mag‘lubiyatini tan olmayapti. U demokratlarni «ovoz o‘g‘irlashga» urinishda ayblagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring