Bekobodda yosh ayol o‘zini beshinchi qavatdan tashlab vafot etdi
Bekobodda 28 yashar ayol o‘zini beshinchi qavatdan tashlab vafot etdi.
Voqea 27-mart kuni soat 21:30 larda sodir bo‘lgan. Ikki farzandning onasi bo‘lgan N.X. yashash xonadonining 5-qavatidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.
Voqea joyiga tumani prokurori, tuman prokuraturasi tergovchisi, IIB boshlig‘i va boshqa tergov-tezkor guruhi a’zolari chiqqan. Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida ayolning yashash xonadonidan uning bir dona telefon apparati olingan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Yaqinlarining aytishicha, ayolning turmushi notinch bo‘lgan, eri vahshiylarcha kaltaklab kelgan. To‘qqiz yillik turmushning bor-yo‘g‘i uch yilini erinikida yashagan. Lekin shu orada uch marta himoya orderi berilgan bo‘lsa ham zo‘ravonga biror chora ko‘rilmagan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, ayni paytda holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter