Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belarusning «BelAZ» avtomobil zavodi bilan yirik hamkorlik memorandumi imzolandi

Belarusning «BelAZ» avtomobil zavodi bilan yirik hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugungi kunda Belarusning  «BelAZ»  ochiq aksiyadorlik jamiyati avtomobil zavodi qurilish sohasida zarur bo‘lgan yirik qurilish  texnika vositalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi avtomobil zavodi hisoblanadi. 1948-yilda o‘z faoliyatini boshlangan avtomobil zavodi mana 70 yillik faoliyati davomida katta hajmdagi avtosamosvallar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bugungi kunga zavod tomonidan ishlab chiqarilgan  texnikalar yordamida qurilish sohasining turli yo‘nalishlarida  keng foydalanib kelinmoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda hozirgi kunda mamlakatimizda «BelAZ» OAJning 700 dan ortiq turli rusumdagi avtosamosvallaridan foydalanilmoqda.

Dunyoga mashhur avtomabil zavodi hisoblangan «BelAZ» OAJ «O‘zbekgidroenergo» AJning doimiy hamkori hisoblandi. Mazkur zavod bilan hamkorlik zavod tomonidan ishlab chiqarilgan avtosamosvallar yordamida bugungi kunda jadallik bilan qurilish ishlari olib borilayotgan mini, kichik, o‘rta va yirik gidroelektrostansiyalarini qurish jarayonida foydalanib kelinmoqda.

«O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Belarus mamlakatining yirik avtomabil zavodi BelAZ» OAJ rahbari Parxomchik Petr Aleksandrovich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari  bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv do‘stona, samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr-mulohalazar almashdi. Uchrashuvda jamiyat tomonidan hududlarda qurilayotgan GESlar uchun hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan yirik «Pskem» GESining qurilishi uchun zarur bo‘lgan 42-45 tonnani tashkil etuvchi og‘ir karer samosvali ya’ni BelAZ-7547 rusumli avtosamosvallarni xarid qilish va ularni yetkazib berish borasida kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida «O‘zbekgidroenergo» AJ va «BelAZ» OAJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring