Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazonning eng chiroyli sovg‘asi: bemor bolaga sog‘lom yurak!

Ramazonning eng chiroyli sovg‘asi: bemor bolaga sog‘lom yurak!

“Bolam sog‘aysin…” degan duoda mushtipar onaning iltijosi mujassam. Bolaning yuragi tinch ursin, u tengdoshlari kabi yugursin, kulsin, orzu qilsin degan umid bor unda.

Muborak kunlarda Bekobod va Bo‘kada bir necha oilaning duolari ijobat bo‘ldi. Bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda Bekobod tumanida yuragida nuqsoni bor bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijasida 3 nafar bolada yopiq usulda, 1 nafar bolada esa ochiq yurak amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Bu tashabbus ortida avvalo insonlar taqdiri turibdi. Operatsiya xonasi yonidagi bezovta ota, ko‘z yoshini yashirishga uringan ona, qo‘llari duoga ochilgan bobo-buvilar… Va operatsiyadan keyingi xushxabar. Shifokorning “hammasi yaxshi o‘tdi” degan birgina so‘zi butun oilaning yelkasidagi og‘ir yukni aritadi.

So‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimi shakllandi. “Ijtimoiy himoya reyestri” orqali yordam joylarga aniq yetib bormoqda. Ayniqsa, Ramazon oyida moddiy va tibbiy ko‘maklar ko‘lamining kengayishi odamlarga umid va ishonch bag‘ishlamoqda.

Bir bola sog‘aysa, butun oila yengil nafas oladi. Agar oilada xotirjamlik bo‘lsa, umid uyg‘onsa, jamiyat mustahkamlanadi.

Eng asosiysi, Bekoboddagi bu xayrli ishlar doimiy amalga oshirilmoqda. Avvalroq Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda Qurbon hayiti munosabati bilan tumanda 4 nafar bolaga yurak jarrohligi amaliyoti o‘tkazilgandi.

Tuman darajasida amalga oshirilgan respublikadagi ilk murakkab amaliyot ham aynan shu yerda amalga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring