Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Benzema nega «Al-Ittihod»ga o‘tganini aytdi

Benzema nega «Al-Ittihod»ga o‘tganini aytdi

Fransiyalik futbolchi Karim Benzema nima uchun Saudiyaning «Al-Ittihod» klubiga o‘tishga qaror qilganini aytdi.

35 yoshli hujumchi avvalroq «Real»ni tark etdi va Saudiya Arabistoni klubi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzoladi.

«Chunki men musulmonman va bu musulmon mamlakati. Men har doim bu yerda yashashni xohlardim. Men avval ham Saudiya Arabistonida bo‘lganman va bu yerda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Oilam bilan Saudiya Arabistonidan klubga borish haqida gaplashganimda, ularning barchasi juda xursand bo‘lishdi va men shu yerdaman», — deydi Benzema  CBC Sport jurnalisti Ben Jeykobsga. 

Benzema o‘tgan mavsumda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Madrid klubi milliy chempionat yakunlariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni egallab, Ispaniya kubogi sohibiga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring