Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzinning «tozasi»ni qanday aniqlasa bo‘ladi?

Benzinning «tozasi»ni qanday aniqlasa bo‘ladi?

Foto: «Nversia.ru»

Benzinning narxi va to‘g‘ri quyib berilishidan keyin haydovchilarni eng ko‘p tashvishga soladigan narsa — uning sifati. Ba’zi haydovchilar nolib qolishadi: falon «zapravka»dan quygan benzinim yaxshi chiqmadi, mashinamni qiynab yubordi. Yoki aksincha, mashinamga faqat mana shu «zapravka»dan quyaman — haqingizga xiyonat qilishmaydi, benzini ham toza.

 Benzinning «toza»si

«Toza benzin» qanaqa bo‘ladi? Bu savolga internetdagi ko‘plab avtoyangiliklar saytlaridan javob qidirdik. Qarangki, benzinning shunchaki «tozaligi» tugul, unga ayrim vijdonsiz sotuvchilar nimalarni qo‘shishayotganini ham aniqlash oson ekan.

1. Oddiy usul

Bir varaq oq qog‘oz olasiz va unga benzin tomizasiz. Sal kuting, benzin bug‘lanib ketganidan keyin qog‘ozda dog‘lar qolmagan bo‘lsa — yonilg‘i toza, sizni aldashmapti. Agar qog‘ozda yog‘li dog‘lar qolsa, bilingki, benzinga yot narsalar qo‘shilgan.

2. Qatron

Bir necha tomchi benzinni oyna yuzasiga tomizib, yoqib ko‘ring. Oyna yuzasida dog‘ qolsa — benzin tarkibida qatron (smola) yo‘q yoki bo‘lsayam juda oz. Agar dog‘lar sarg‘ish yoki jigarrang tusda bo‘lsa, qatron keragidan ko‘p miqdorda. Mabodo oyna yuzasida benzin yonib bo‘lganidan keyin suyuqlik qolsa — uning tarkibida dizel yonilg‘isi bor. 

3. Rang

Benzinni rangsiz shisha idishga quyib, yorug‘likka tuting. U sarg‘ish tusda bo‘lishi lozim. Benzinga ozgina margansovka qo‘shing, agar shishadagi suyuqlik pushti rangga kirsa unga suv qo‘shilgan bo‘ladi. 

4. «Barmoq usuli»

Eng yaxshi usullardan biri shu. Qo‘l terisiga ozgina benzin tomizing yoki barmoqlaringizni benzin bilan ho‘llang. Benzin bug‘lanib ketganidan so‘ng qo‘l terisi quruq qolsa — benzinning sifatiga gap yo‘q. Agar teri yog‘lanib qolsa — benzinga nimalardir aralashtirilgan. 

5. Hid

Tajribali haydovchilar benzinni hidiga qarab ham ajrata olishadi. Naftalin yoki vodorod sulfid (eskirgan tuxumni eslatadi) hidi anqib turgan benzin — mashinaning dushmani.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring