Koronavirus yuqtirganlar soni keskin oshdi. Bir korxonaning 28 nafar ishchisi kasallangan
2020-yil 11-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4695 (+72) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 18 nafari Navoiy viloyatida, Toshkent shahri va Namangan viloyatida 3 nafardan aholi orasida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonaning 28 nafar ishchisida aniqlandi.
Ayni paytda yurtimizda 3532 nafar bemor sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmokda
Hozirda mamlakatimizda 1144 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter