Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir kunda koronavirusdan tuzalganlar soni 100 nafardan oshdi

Bir kunda koronavirusdan tuzalganlar soni 100 nafardan oshdi

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor to‘liq sog‘aydi. Bu haqda SSV xabar berdi. 

Sog‘aygan bemorlarning 7 nafari Toshkent shahridan. 1 nafari Buxoro viloyatidan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ushbu klinikada ayni paytga qadar 110 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 122 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 103 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sog‘ayganlar soni 892 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring