Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir nechta hokimga hayfsan, Andijon shahar hokimiga oxirgi ogohlantirish berildi

Bir nechta hokimga hayfsan, Andijon shahar hokimiga oxirgi ogohlantirish berildi

Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev.

Foto: «Ok»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan o‘qituvchi, shifokor va talabalarni obodonlashtirish va yig‘im-terim ishlariga majburiy jalb qilinishiga qarshi qaratilgan videoselektor yig‘ilishida bir nechta hokimga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilandi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbirining xabar berishicha, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlariga, tadbirkorlarga shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun o‘z ish haqlaridan qimmat narxlarda gul va daraxt ko‘chatlarini sotib olishga majbur qilishgani uchun Andijon shahar hokimi Rahmatullayev va Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Rahmonovga hayfsan hamda oxirgi marta ogohlantirish berilgan.

Shahrihon tumani hokimi Dadaxonovga ta’lim sohasi vakillarini ko‘cha tozalatishga, obodonlashtirish va dala ishlariga olib chiqqani uchun, Oltinsoy tumani hokimi Boyniyozov tumandagi kasb-hunar kollejlarini uzumchilik, tokni ochish, kesish, xomtak qilish bo‘yicha fermerlarga biriktirib qo‘ygani hamda kollejlarga ikki tonnadan olti tonnagacha metallolom topshirish majburiyatini yuklagani uchun hayfsan e’lon qilindi.

«Hozir metallolom majburiyati degan narsa yo‘q. Yuqoriroq narx belgilanganidan beri shundoq ham odamlar o‘zlari olib borib topshirishyapti. Metkombinatning omborlari to‘lib ketgan. Shuning uchun kollejlarni bunga jalb qilish umuman to‘g‘ri kelmaydi», - dedi Bosh vazir.

Shuningdek, Bog‘ot tumani hokimi Raximov, Uchko‘prik tumani hokimi Boyjigitovga nisbatan ham yuqoridagi kabi holatlarga yo‘l qo‘ygani uchun hayfsan e’lon qilindi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring