Bitta vazir va ikkita qo‘mita raislari o‘rinbosarlari ishdan olindi
Faqulodda vaziyatlar vazirining hamda yana ikki qo‘mita raislarining o‘rinbosarlari ishdan olindi.
Ya’ni, Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarorlari bilan:
- Azizbek Latifjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
- Sirojiddin Berdikulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
- Bekzod Ummatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter