Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Biznesni rivojlantirish banki» Osiyo taraqqiyot banki bilan kelishuvga erishdi

«Biznesni rivojlantirish banki» Osiyo taraqqiyot banki bilan kelishuvga erishdi

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB  mikro, kichik va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatishning yangi operatsion modelini ishlab chiqish yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan kelishuvga erishdi.

Loyihaning asosiy maqsadi mikro, kichik va o‘rta biznes segmenti korxonalariga  xalqaro standartlarga asoslangan bank xizmatlarini ko‘rsatishning yangi operatsion modelini yaratish va uni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Loyiha doirasida mazkur segmentga xizmat ko‘rsatuvchi tarkibiy tuzilmalarga, xodimlarning samaradorlik ko‘rsatkichlariga talablar, moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha tashabbuslar ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

Loyiha OTBning granti asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, loyiha doirasida mazkur yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishgan xorijiy banklar, xususan, xususiy va davlat kapitali ishtirokidagi banklar bilan tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi.

Loyihani OTBning yuqori malakali xalqaro va mintaqaviy ekspertlardan iborat jamoasi boshqaradi. Ular yordamida «Biznesni rivojlantirish banki»da kichik va o‘rta biznes uchun zamonaviy va kompleks operatsion model yaratiladi. Bu, o‘z navbatida, mijozlarga xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga hamda bankning mikro, kichik va o‘rta biznes segmentini moliyalashtirish imkoniyatlarini va bozordagi mavqeini oshirishga ko‘maklashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring