Blogerlar chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing (foto + video)
Shu yilning 12-aprelida start berilgan Blogerlar chempionati yakuniga yetgani haqida xabar bergan edik. Shu yilning 14-iyun — Xalqaro blogerlar kuni «Lotte City» mehmonxonasida Blogerlar chempionatining g‘olib va sovrindorilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik yosh internet-foydalanuvchilari orasida professional blog yuritish ko‘nikmalarini yuksaltirish orqali ularning fuqarolik jamiyatidagi faolligini oshirish, o‘zbek tilida blog yurituvchi blogerlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, blogerlar tomonidan yozilgan fikrlarni keng jamoatchilikka yetkazishda ko‘mak berish, jamiyatdagi turli muammolarni muhokama qilish va bu orqali jamoatchilik fikrini shakllantirish, o‘zbek blogerlari o‘rtasida ijodiy va do‘stona muhitni shakllantirish, internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi foydali resurslarni boyitish maqsadida tashkil etilgan chempionat katta qiziqish uyg‘otib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Uchinchi bor tashkil etilgan Blogerlar chempionatida kimlar g‘olib bo‘lgani, qaysi ishtirokchilar nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlangani ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. Qolaversa, mushtariylarga o‘zlari sevib o‘qigan blogpostlarning, miriqib tomosha qilgan video va fotobloglarining mualliflari bilan tanishish qiziq bo‘lsa kerak. Demak, g‘olib va sovrindorlar bilan tanishing!
1-o‘rin: Shahnoza To‘raxo‘jayeva
Finaldagi ishi: «Bizga turli ittifoqlar kerak»
2-o‘rin: Xushnudbek Xudoyberdiyev
Finaldagi ishi: «Mehnatning tagi mehnat. Rohat qachon?»
2-o‘rin: Muzaffar Qosimov
Finaldagi ishi: «Ortda qolib bo‘lmaydigan poyga»
3-o‘rin: Muslim Mirzajonov
Finaldagi ishi: «Mitti “jangchilar”...»
3-o‘rin: Isroil Tillaboyev
Finaldagi ishi: «Ilm skautlari»
3-o‘rin: Javohir Izzatullayev
Finaldagi ishi: «Sen unda zor, men bunda zor: ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi jarlik»
3-o‘rin: Feruza Sattorova
Finaldagi ishi: «Maktab ixtirochilarni yetishtirib chiqaryaptimi yoki maqsadsiz yoshlarni?»
Blogerlar chempionati nominatsiyalarining g‘oliblari ro‘yxati:
«Blogerlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan blogpost» nominatsiyasi:
G‘olib: Farrux Jabborov
Qaysi ishi uchun: «(P)AXTAXONAdan maktub» nomli blogposti uchun
«O‘quvchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgan blogpost» nominatsiyasi nominatsiyasi:
G‘olib: Shohbozbek Dolimov
Qaysi ishi uchun: «Vaqt qadri (o‘zbek yoshlari uchun)» nomli blogi uchun
I bosqichda eng yuqori baho olgan bloger nominatsiyasi:
G‘olib: Shukurjon Islomov
Qaysi ishi uchun: «Nima(ga) kerak ma’naviyat?» nomli blogposti uchun
II bosqichda eng yuqori baho olgan bloger (yoki II bosqich chempioni)
G‘olib: Isroil Tillaboyev
Qaysi ishi uchun: «Malaka oshirishmi yoki “davleniya” oshirishmi?» nomli blogposti uchun
«Eng yaxshi videoblog» nominatsiyasi:
G‘olib: Gulruhoyim Yusupova
Qaysi ishi uchun: «Ijtimoiy tajriba: Bola o‘g‘irlanishi» nomli blogi uchun
«Eng yaxshi fotoblog» nominatsiyasi:
G‘olib: Davron Alijonov
Qaysi ishi uchun: «“Teazeal” — Vatandan Vatangacha», «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat» yoxud sayohatni birga qilamiz! (3+1/56)» nomli blogposti uchun
Birlashgan millatlar tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ta’sis etilgan «Media informatsion savodxonligi va fuqarolik jurnalistikasiga qo‘shgan hissasi uchun» nominatsiyasi:
G‘olib: Dilshod Nurulloh
Qaysi ishi uchun: «“Layk” bosish mas’uliyati yoxud sizni boshqarishlariga yo‘l qo‘ymang!» nomli blogposti uchun
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ta’sis etilgan «Alternativ energiya manbalaridan foydalanishni eng yaxshi targ‘ib qilgan bloger» nominatsiyasi:
G‘olib: Sarvar Qurbonov
Qaysi ishi uchun: «Quyosh energiyasidan tekin foydalanish rostdan ham tekinmi?» nomli blogposti uchun
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’sis etilgan «Xalq ta’limi tizimidagi muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan eng yaxshi blogpost» nominatsiyasi:
G‘olib: Isroil Tillaboyev
Qaysi ishi uchun: «O‘qituvchini buxgalterlikdan qutqaring!», «Malaka oshirishmi yoki “davleniya” oshirishmi?», «Ilm skautlari» nomli blogpostlari uchun
Qo‘shimcha mukofot: Feruza Mamirova
Qaysi ishi uchun: «Inklyuzivlashtirilmagan jamiyatimiz yoxud qachon imkoniyati cheklangan shaxslar sog‘lom odamlar kabi tahsil oladi?» nomli blogposti uchun
Qo‘shimcha mukofot: Zamira Yusupova
Qaysi ishi uchun: «Kimyo qiyin fanmi?» nomli blogposti uchun
Adliya vazirligi tomonidan ta’sis etilgan «Huquqiy mavzuni eng yaxshi yoritgan bloger» nominatsiyasi
G‘olib: Farhod Abdurahmonov
Qaysi ishi uchun: «Xalq o‘z haq-huquqlarini bilmaydimi yoki qonunlar buzilishiga asosiy aybdor kim?» nomli blogposti uchun
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’sis etilgan «Oliy ta’lim tizimi islohotlarini yoritib borgan eng yaxshi bloger» nominatsiyasi:
G‘olib: Baxtiyor G‘oziyev
Qaysi ishi uchun: «Ustoz, bu fan menga nega kerak?» nomli blogposti uchun
«Iste’molchilar huquqi mavzusidagi eng yaxshi blogpost» (Ta’sischi: O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi)
G‘olib: Isomuhammad O‘ratov
Qaysi ishi uchun: «O‘zbekistonda nazorat xaridini joriy etish vaqti kelmadimi?» nomli blogposti uchun
Qo‘shimcha mukofot: Dilfuza Ergasheva
Qaysi ishi uchun: «Buni har birimiz bilishimiz kerak!» nomli blogposti uchun
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi tomonidan ta’sis etilgan «Blogerlar chempionatining eng faol blogeri (ayol bloger)» nominatsiyasi:
G‘olib: Aziza Qurbonova
Qaysi ishi uchun: «I. T. – nafratlanaman, kechirim so‘rayman», «Men kutayotgan 15 kun»
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi tomonidan ta’sis etilgan «Ayollarning muammolari va ularning yechimlarini ochib bergan eng yaxshi bloger» nominatsiyasi:
G‘olib: Sanjar Said
Qaysi ishi uchun: «Ona qotil, aybdor esa — hamma» nomli blogposti uchun
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi tomonidan ta’sis etilgan «Ayollarning muammolari va ularning yechimlarini ochib berilgan eng yaxshi blogpost» nominatsiyasi:
G‘olib: Farida Xayrulla qizi
Qaysi ishi uchun: «Bolam kasal bo‘lsa, "bolnichniy" ochtirolmayman!», «Xavotir», «Notenglik» nomli blogpostlari uchun.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi tomonidan ta’sis etilgan «Ayollarni tadbirkorlikka jalb etishga qaratilgan ilg‘or g‘oyalari uchun» nominatsiyasi:
G‘olib: Zuhra Abdurahmonova
Qaysi ishi uchun: «Uy bekalari uchun: «Instagram»da qanday qilib pul topish mumkin?» nomli blogposti uchun
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi tomonidan ta’sis etilgan «Xotin-qizlar salomatligini yuksaltirishga oid novatorlik takliflari uchun» nominatsiyasi:
G‘olib: Rohila Mirzaahmedova
Qaysi ishi uchun: «Sog‘lom ayol — jamiyat ildizi» nomli blogposti uchun
Shuningdek, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan ta’sis etilgan «Chempionat kashfiyoti bo‘lgan bloger» nominatsiyasi bo‘yicha Sitora Isomuddinova g‘olib deb topildi. Mazkur ishtirokchi taqdirlash marosimiga yetib kelolmagani bois sovg‘ani uning nomida «Xabar.uz» portali muxbiri qabul qilib oldi.
Blogerlar chempionatining 1-bosqichiga 387 ta, 2-bosqichiga 64 ta, final bosqichiga 21 ta, umumiy hisobda 472 ta ijodiy ish (matnli, foto, videobloglar) kelib tushdi. Statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, kelib tushgan ishlar BLOG.XABAR.UZ platformasida 170 ming martadan ko‘proq o‘qilgan, ularga 3001 nafar o‘quvchi tomonidan 3065 ta izoh yozib qoldirilgan.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi chempionatni yuqori saviyada tashkil etgani, jamiyatda erkin fikrni rivojlantirish, fuqarolik jurnalistikasini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, tibbiyot sohasidagi islohotlar mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish yo‘lidagi hamkorligi uchun «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali rahbari Jamshid Niyozovni maxsus sovg‘a bilan taqdirladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter