«Bobur» fondi «Inson va qonun» gazetasini sudga berdi
Bosh ofisi Andijon shahrida joylashgan «Bobur» nomidagi xalqaro jamoat fondi «Inson va qonun» gazetasini sudga berdi.
Manbamizga ko‘ra, gazetaning shu yil iyul oyidagi sonlaridan birida chop etilgan «Bobur ruhini bezovta qilganlar» maqolasi fond rahbariyatida jiddiy e’tiroz uyg‘otgan. Maqola bir tomonlama, faktlar buzib talqin qilinishidan tashqari unda fond raisi sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilingan deb hisoblagan «Bobur» rahbari o‘rinbosari avvaliga tahririyatga raddiya bildirgan. Raddiya matnini chop etishdan bosh tortilgani sabab xalqaro jamoat fondi «Inson va qonun» gazetasi ustidan sudda da’vo qo‘zg‘agani aytilmoqda. Unda (da’vo-arizada) tahririyat zimmasiga fond raddiyasini chop etish majburiyatini yuklash so‘ralmoqda.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga kiritilgan mazkur da’vo-ariza bo‘yicha sud majlisi qaysi sanaga belgilangani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter