Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boks bo‘yicha Jahon chempionati UZREPORT TVda namoyish qilinadi

Boks bo‘yicha Jahon chempionati UZREPORT TVda namoyish qilinadi

Joriy yilning 25 oktyabr – 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida AIBA tomonidan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkaziladi.

UZREPORT TV mazkur Jahon chempionati translyasiyasining eksklyuziv huquqini xarid qildi.

Ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu nufuzli musobaqa bu safar 13 ta vazn toifasida tashkil etiladi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi barcha 13 ta vazn toifasidagi bokschilar bilan qatnashadi.

25 oktyabrdan 2 noyabrgacha Jahon chempionatining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Yarim final janglari 4 noyabrga belgilangan.

5-6 noyabr kunlari esa Jahon chempionatining final bahslari o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda tashkil etilgan so‘nggi jahon chempionatida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring