Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolajonlar ko‘zida quvonch: Mehribonlik uyiga ikki millionlik sovg‘a

Bolajonlar ko‘zida quvonch: Mehribonlik uyiga ikki millionlik sovg‘a

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 1-iyun kuni O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari A.Ahmedov hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi M.Haydarovlar Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida joylashgan 15-Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.

Mehribonlik uyida tashkil etilgan tantanali tadbirda A.Ahmedov bolajonlarni bayram bilan tabriklab, ularga samimiy tilaklarini izhor qildi. Kengash nomidan Mehribonlik uyi kutubxonasiga bolalar uchun eng qadrli sovg‘a – qariyb ikki millionlik turli badiiy kitoblar hamda konselyariya mollarini taqdim etdi.

– Sovg‘alarimizni topshirar ekanmiz, beg‘ubor o‘g‘il-qizlar ko‘zidagi quvonchni ko‘rib, qalbimiz yashnab ketdi, – deydi M.Haydarov. – Bolajonlarga, ayniqsa, bu kabi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga qancha mehr ko‘rsatsak, shuncha oz. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, ularni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda hamda milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishda kasaba uyushmalari harakatlari doimiy bo‘ladi.

Usmonjon Yo‘ldoshev, «Xabar» muxbiri

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring