Bolalar va kattalarda kariyesning oldini olishning eng oddiy usuli
Stomatolog-terapevt, bolalar stomatologi Lyudmila Shemyakina kariyesning oldini olishning eng oddiy usulini aytdi. Ta’kidlashicha, bu bolalar uchun ham, kattalarga ham birday foydali.
Oddiy usul — har ovqatlanishdan so‘ng og‘izni yaxshilab chayishdan iborat. Tishlarni cho‘tkada tozalasangiz yana ham yaxshi.
Shifokor ovqatlanish deganda «olmani bitta tishlash yoki qahvani bir ho‘plash»ni ham nazarda tutgan.
«Eng muhimi — ovqatlanishlar oralig‘idagi tanaffus kamida ikki soat bo‘lishi shart. Hatto olmani bitta tishlaganingiz yoki kofe ichishingiz ham (tishlar uchun) ovqatlanish hisoblanadi. Ovqatlanishlar oralig‘ida oddiy suv ichsangiz tishlaringizga foyda», — dedi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter