Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

Sport vazirligida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasida o‘tgan yillar davomida mamlakatda milliy kurashni rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi rivojini qo‘llab-quvvatlash, zarur infratuzilmani yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Xususan, Yevropa, Amerika, Osiyo, Afrika va Okeaniya qit’asining bir qator davlatlarida kurash turnirlari, turli chempionatlar, seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinishi asnosida ushbu milliy sportning xalqaro rivojiga alohida e’tibor qaratilayotgani aytib o‘tildi.

Konferensiyada tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev delegatlarning ovoz berishi natijasida yangi besh yillik muddatga mamlakat kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi.

Shuningdek, «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida kurash bo‘yicha «Bosh prokuror kubogi» musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish kabi masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring