Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boshqa transport vositalarining «A» yo‘lakdan harakatlanishini taqiqlovchi qoida qabul qilindi

Boshqa transport vositalarining «A» yo‘lakdan harakatlanishini taqiqlovchi qoida qabul qilindi

Hukumatning 172-son qarori bilan tasdqlangan Yo‘l harakati qoidalari 17-1-bob bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan yo‘nalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yo‘lakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno.

Shuningdek, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan. tasmasi bor Yo‘lda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yo‘ldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh xududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin.

Bunda transport vositasi mazkur yo‘lakda harakatlanib kelayotgan yo‘nalishli transport vositasi harakatiga to‘sqinlik qilmasligi va unga yo‘l bergandan so‘ng yondosh hududga kirish yoki chiqish harakatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring