Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda profilaktika inspektori qotillikka qo‘l urib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Bo‘stonliqda profilaktika inspektori qotillikka qo‘l urib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori turmush o‘rtog‘i, farzandi va o‘zini otib o‘ldirdi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 6-avgust kuni soat 21:00 larda sodir bo‘lgan. Unda 1996-yilda tug‘ilgan Bo‘stonliq tumani IIB JXX XPB profilaktika inspektori o‘z xizmat xonadonida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik davomida 28 yoshli turmush o‘rtog‘i va 2024-yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga o‘ziga biriktirilgan «PM tabel» quroli bilan o‘q uzib qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u o‘z jinoiy qilmishlaridan qutilib qolish maqsadida o‘sha qurol bilan o‘zining bosh qismidan bir marotaba o‘q uzib joniga qasd qilgan.           

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring