Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Botir Parpiyev va boshqalar. Qaysi amaldorlar vaksina olgan?

Botir Parpiyev va boshqalar. Qaysi amaldorlar vaksina olgan?

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan vaksinatsiya jarayonlarida hukumat vakillari, hokimlar, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, tibbiyot muassasalari boshliqlari, el ardog‘idagi san’atkorlar va ko‘plab aholi vakillari koronavirusga qarshi emlandi. 

Jumladan:

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi. Botir Parpiyev 1 avgust kuni Moderna vaksinasini qabul qilgan.

Bundan tashqari, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov va sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Olimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov emlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring