Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Braziliyada 3,4 million kishi saylash huquqidan mahrum

Braziliyada 3,4 million kishi saylash huquqidan mahrum

Foto: «Habar7.com»

Janubiy Amerika davlati Braziliyada barmoq izlarini qayd qildirmagan 3,4 million kishi shu yil 7 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ovoz bera olmaydi. Bu haqda «Haber7.com» nashri xabar bermoqda.

Braziliya Oliy sudi raisi Luis Roberto Barroso kecha shunday qaror qabul qilinganini ma’lum qilgan.

Braziliyada o‘tkazilgan anketa so‘rovlariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida o‘ng qanot vakili Jair Bolsonaro 27 foiz, chap qanot vakili Fernanda Haddad 21 foiz ovoz olishi mumkin.

Agar shu yil 7 oktyabrdagi saylovlarda hech kim g‘alaba qozona olmasa, takroriy saylov 28 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Braziliyada saylovlar elekron tarzda o‘tkaziladi. Shu bois barmoq izlarini qayd qildirmagan saylovchilar ovoz bera olishmaydi.

Aholi soni 200 milliondan ziyod bo‘lgan Braziliyada 1996 yildan buyon elektron ovoz berish tizimiga o‘tilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring