Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniya parlamentida ilk bor robot nutq so‘zlaydi

Britaniya parlamentida ilk bor robot nutq so‘zlaydi

Foto: «Korrespondent.net»

Middlseks universitetida yashovchi «Pepper» ismli robot Britaniya jamoat palatasi qo‘mitasining to‘rtinchi sanoat inqilobi haqidagi yig‘ilishda nutq so‘zlaydi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda. Bu britan parlamentida robotning ilk bor  chiqish qilishi bo‘ladi.

Qo‘mita raisi Robert Xelfonning fikricha, sun’iy intellektning rivojlanishi mamlakat yaqin o‘n yillikda to‘qnashadigan eng ahamiyatli hodisalardan biri.

«To‘rtinchi sanoat inqilobi - mamlakatning  yaqin 10, 20 yoki 30 yil ichidagi eng muhim muammosi»,- deydi Xelfon.

Parlamentda so‘zga chiqishi kutilayotgan «Pepper» roboti Yaponiyaning «SoftBank» kompaniyasi tomonidan 2014 yilda yaratilgan. U ikkita HD kamera, to‘rtta mikrofon va sensorli ekran bilan jihozlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring