Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi

Britaniyada yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi

Foto: «The Christian Science Monitor»

Angliya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson iste’foga chiqqani tufayli uning o‘rnini Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Jeremi Hant egalladi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

«Breksit» tufayli Angliyada iste’foga chiqayotgan byurokratlar soni ortib boryapti. Kuni kecha «Breksit» vaziri Devid Devis ham bosh vazir Tereze Meyga iste’fosini taqdim etgan edi.

Iste’foga chiqqan har ikkala vazir Tereza Meyning «Breksit» siyosatidan norozi.

Hant 7 yildan beri Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring