Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil tadbirkorlarni tekshirish keskin oshib ketdi — prezident

Bu yil tadbirkorlarni tekshirish keskin oshib ketdi — prezident

Prezident 2022 yil 1 iyundan tadbirkorlar uchun soliq ma’murchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtirilishini e’lon qilgan.

Mol-mulk solig‘ini hisoblash tizimi bozor tamoyillariga o‘tkazilganini inobatga olib, qo‘shimcha yuqori soliq stavkalarini qo‘llash tartibi bekor qilinadi. Shuningdek, aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasi dastlabki o‘rganishsiz, avtomatik tarzda beriladi.

Joriy yilda tadbirkorlarning faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlar soni 1,7 barobarga oshib, 86 mingtani tashkil etdi. Bu tadbirkorlar tomonidan ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Shu sababli, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish uchun, endi 22 ta turdagi tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi (hozirgi kunda 159 turdagi tekshiruvdan 119 tasiga ruxsat olinadi).

Bundan tashqari, yuqori xavf darajasi mavjud bo‘lgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini to‘xtatib qo‘yishdan oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi.

Yig‘ilishda QQSni qaytarishda muammolar borligi aniqlangan. Shu munosabat bilan ularga QQSni qaytarish bo‘yicha soddalashtirilgan mexanizm joriy etilib, 80 foiz mablag‘ qo‘shimcha tekshiruvlarsiz 7 kun ichida qaytarib beriladi.

Eksporchilarning masalalarini doimiy o‘rganib, ularni tezkorlik bilan hal qilish bo‘yicha uzluksiz va doimiy ishlovchi shtab tuziladi, 1094 raqamli koll-markaz tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring