Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun jami qancha odam koronavirusdan tuzalgani ma’lum bo‘ldi

Bugun jami qancha odam koronavirusdan tuzalgani ma’lum bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 2 nafar, jami 7 nafar bemor butkul sog‘aydi. 

Natijada, bugun jami 37 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1133 nafarni tashkil etmoqda.

Jami aniqlangan bemorlar soni esa 2017 nafardir.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari erkak, 2 nafari ayol va bir nafar chaqaloq bo‘lib, barchasi Toshkent shahridan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (ayol) 37 yoshda bo‘lib, Navoiy viloyatidan. U Moskva-Toshkent yo‘nalishada charter reysi bilan kelgan va karantinga olingan. Yana 1 nafari (ayol) 23 yoshda bo‘lib, Toshkent shahridan. U koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Ta’kidlash joizki, Toshkent shahrida shu paytga qadar 357 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 364 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring