Bugun kechqurun Yerda kuchli magnit bo‘roni boshlanishi mumkin
Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti olimlari ma’lum qilishicha, bugun, 4-iyun kechqurun Yerga Quyoshdan otilgan bir nechta plazma oqimlari yetib kelishi natijasida G3 darajasidagi kuchli magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Quyoshdagi kuchli chaqnashlardan keyin hosil bo‘lgan plazma bulutlari birlashib, ulkan kosmik tuzilmani shakllantirgan.
G3 toifasidagi magnit bo‘roni kuchli hisoblanadi va joriy yildagi eng yirik geomagnit hodisalardan biri bo‘lishi mumkin. Olimlar bunday sharoitda qutb yog‘dulari kuzatilishi ehtimoli juda yuqori ekanini ham bildirgan.
Avvalroq astronomlar Quyoshda «qora portlash» sodir bo‘lgani va uning ta’siri yaqin kunlarda Yerga yetib kelishini ham ma’lum qilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter