Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bundesliga: «Bavariya» «Shalke» darvozasiga javobsiz sakkizta to‘p kiritdi

Bundesliga: «Bavariya» «Shalke» darvozasiga javobsiz sakkizta to‘p kiritdi

Foto: «Football.ua»

Germaniya Bundesligasi yangi mavsumining ilk turi birinchi o‘yinida «Alyans Arena»da «Bavariya» «Shalke»ni qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi — 8:0.

Myunxenliklar tarkibida Serj Gnabri xet-trik (4, 47, 59-daqiqalar) qayd etgan bo‘lsa, Leon Goretska (19), Robert Levandovski (31), Tomas Myuller (69), Leroy Sane (71) va Jamol Musiala (81) bittadan gol urishdi.

Qolaversa, Levandovski va Sane o‘z hisoblariga ikkitadan golli uzatma yozib qo‘yishdi.

Bundesliganing 2-turida, 27-sentyabr kuni «Bavariya» «Hoffenhaym» mehmoni bo‘ladi, «Shalke» esa bir kun avval «Verder»ni qabul qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring